locale OZ

Rasman: Volkanovski va Lopes oʻrtasida revansh janggi tasdiqlandi

Toʻqnashuv 31 yanvar kuni Sidneyda boʻlib oʻtadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Volkanovski va Lopes oʻrtasida revansh janggi tasdiqlandi
FOTO: Getty Images

UFC’ning yarimyengil vazn toifasi chempioni, avstraliyalik Aleksandr Volkanovski navbatdagi jangini 2026 yil 31 yanvar kuni Sidneyda bo‘lib o‘tadigan UFC 325 turnirida o‘tkazadi. Uning raqibi braziliyalik Diego Lopes bo‘ladi.

Volkanovski va Lopes oktagonda ikkinchi bor to‘qnash kelishadi. Ularning ilk jangi 12 aprel kuni UFC 314 turnirida o‘tkazilgan bo‘lib, unda Volkanovski hakamlarining yakdil qarori bilan g‘alaba qozongan edi. Shundan beri u oktagonga qaytmagan. Avstraliyalik jangchi faoliyati davomida 27 ta g‘alaba va to‘rt mag‘lubiyat qayd etgan.

Lopes esa Volkanovskidan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng 13 sentyabr kuni o‘tgan «UFC Fight Night 259» turnirida Jean Silva ustidan texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting