locale OZ

Rasman: Turki Al ash-Shayx Krouford – Alvares jangining sanasi va joyini e’lon qildi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Turki Al ash-Shayx Krouford – Alvares jangining sanasi va joyini e’lon qildi
Rasman: Turki Al ash-Shayx Krouford – Alvares jangining sanasi va joyini e’lon qildi

Saudiya Arabistoni Bosh savdo va ko‘ngilochar tadbirlar boshqarmasi rahbari Turki Al ash-Shayx joriy yilning eng kutilgan janglaridan biri haqida rasmiy bayonot berdi.

Saul Alvaresning kubalik Uilyam Skallga qarshi jangidan so‘ng (meksikalik bokschi g‘alaba qozongan) Ar-Riyaddagi oktagonda Al ash-Shayx ringga chiqib, Alvaresning navbatdagi raqibi Terens Krouford bo‘lishini ma’lum qildi. Krouford – ikki vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni.

Ushbu superjang 12 sentabr kuni AQShning Las-Vegas shahridagi Allegiant Stadium arenasida bo‘lib o‘tadi. Jangda o‘rta vazn toifasidagi ikkinchi mutlaq chempionlik kamari xavf ostida bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Saul Alvares juft vazn toifasida mutlaq chempionlikni qo‘lga kiritib, Uilyam Skallni ochkolar bo‘yicha mag‘lub etgan edi. Terens Krouford esa oxirgi bor 2024 yil 3 avgust kuni ringga chiqib, o‘zbekistonlik Isroil Madrimovni mag‘lub etgan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting