Rasman. Kurash – 3-Osiyo Yoshlar O‘yinlari dasturiga kiritildi
2025-yil 15-sentabr kuni Osiyo Olimpiya Kengashi (OCA) va Bahrayn Osiyo Yoshlar O‘yinlari Tashkiliy Qo‘mitasi (BAYGOC) qaroriga muvofiq, Kurash sport turi Bahraynda o‘tkaziladigan 3-Osiyo Yoshlar O‘yinlari rasmiy dasturiga kiritildi.
Mazkur qaror Osiyo xalqlarining qadimiy sport an’analarini qadrlash, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va o‘yinlar dasturini yanada boyitishga qaratilgan.
Kurash bo‘yicha musobaqalar jami 4 ta O‘g‘il bolalar: –65 kg va –83 kg, Qizlar: –52 kg va –70 kg vazn toifalarida bo’lib o’tadi.
Osiyo qit’asidagi barcha Milliy Olimpiya Qo‘mitalari va Milliy Kurash Federatsiyalarini Bahrayndagi ushbu nufuzli o‘yinda faol ishtirok etishga chorlaydi.
Bugundan sportchilarni ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat berilganligi bois, qisqa muddatda jamoangizni ro'yxatdan o'tkazishingizni so'raymiz.