locale OZ

Rasman: Jahon chempionatida ishtirok etadigan O‘zbekiston dzyudo terma jamoasi tarkibi tasdiqlandi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

13–20 iyun kunlari Vengriyaning Budapesht shahri dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi yilning eng nufuzli musobaqasi — Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Hozirgacha 94 davlat o‘z dzyudochilarini jahon chempionatida ishtirok ettirishini tasdiqladi. Umumiy hisobda 572 nafar sportchi (302 erkak va 270 ayol) jahon reytingi ochkolari hamda medallar uchun tatamiga chiqadi.

Ular orasida to‘liq tarkibda qatnashadigan O‘zbekiston terma jamoasi ham bor. Murabbiylar shtabi tomonidan shakllantirilgan va rasmiy tasdiqlangan tarkibga ko‘ra, yurtdoshlarimiz yakka bellashuvlarda maksimal tarkib — 18 nafar (9 erkak va 9 ayol) sportchi bilan ishtirok etadi.

Shuningdek, aralash jamoaviy musobaqada ham terma jamoamiz muvaffaqiyat uchun kurash olib boradi.
O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi:
ERKAKLAR:
-60 kg: Bahrom Boturov
-66 kg: Zamo‘hshari Bekmurodov
-66 kg: Azizbek Ortiqov
-73 kg: Shahram Ahadov
-81 kg: Arslonbek Tojiyev
-90 kg: Nurbek Murtozoev
-90 kg: Shahzodxo‘ja Sharipov
+100 kg: Alisher Yusupov
+100 kg: Muzaffarbek To‘raboev

AYOLLAR:
-48 kg: Halimajon Qurbanova
-48 kg: Laziza Haydarova
-52 kg: So‘g‘diyona Rafqatova
-52 kg: Muhayyo Ahmatova
-57 kg: Shukurjon Aminova
-63 kg: Marjona Nurulloyeva
-70 kg: Khurshida Razzokberdiyeva
-78 kg: Marjona Ko‘chimova
+78 kg: Irishxon Qurbanboeva

Aralash jamoaviy bahslarda ishtirok etadiganlar:
-73 kg: Obidxon Nomonov
-70 kg: Shirinjon Yo‘ldosheva
+78 kg: Umida Nighmatova

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting