locale OZ

Rasman! Islam Maxachev UFC 330 turnirining markaziy jangida Ian Garri bilan to‘qnash keladi

Toʻqnashuv 16-avgust kuni Filadelfiyada boʻlib oʻtadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman! Islam Maxachev UFC 330 turnirining markaziy jangida Ian Garri bilan to‘qnash keladi
FOTO: Getty Images

Yarim o‘rta vazn toifasida UFC chempioni, 34 yoshli rossiyalik Islam Maxachev o‘zining navbatdagi jangini ushbu vazn reytingining birinchi raqamli jangchisi, irlandiyalik Ian Garriga qarshi o‘tkazadi. Mazkur chempionlik jangi joriy yilning 16-avgust kuni AQShning Filadelfiya shahrida bo‘lib o‘tadigan UFC 330 turnirining markaziy voqeasi (main event) bo‘ladi. Bu haqda liga matbuot xizmati rasman ma’lum qildi.

Ayni paytda Islam Maxachev UFC promoushenida qatorasiga 16 ta g‘alabali seriyani davom ettirmoqda. Uning professional faoliyatida jami 28 ta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat mavjud. Rossiyalik chempion Nyu-Yorkdagi UFC 322 turnirida avstraliyalik Jek Della Maddalenaga qarshi kechgan so‘nggi jangida hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozonib, yarim o‘rta vazndagi oltin kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgan edi.

Ian Garri esa o‘zining oxirgi jangini o‘tgan yilning 22-noyabr kuni Qatarda o‘tkazilgan UFC turnirida falastinlik Belal Muhammadga qarshi olib borib, hakamlarning yakdil bahosi evaziga zafar quchgan. 28 yoshli irlandiyalik sportchi o‘zining professional rekordida 17 ta g‘alaba (8 tasi muddatidan avval) va bitta mag‘lubiyatga ega.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting