Rasman: Getji va Pimblett vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang qilishadi
Toʻqnashuv 24 yanvar sanasida boʻlib oʻtadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FOTO: Getty Images
UFC rasmiy ravishda sobiq vaqtinchalik chempion, amerikalik Jastin Getji va britaniyalik Peddi Pimblet o‘rtasidagi jangni e’lon qildi. Getji — Pimblet bahsi 24 yanvar kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan UFC 324 turniri doirasida o‘tkaziladi.
Getji va Pimblet UFC’ning yengil vazn toifasidagi vaqtinchalik chempionlik kamariga kurash olib boradi.
Jastin Getji MMA’da 31 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ulardan 26 tasida g‘alaba qozongan, besh marta esa mag‘lub bo‘lgan. Uning oxirgi jangi 8 mart kuni bo‘lib o‘tgan va unda u UFC 313 turnirida Rafael Fizievni mag‘lub etgan.
Peddi Pimblet MMA’da 26 ta jangda qatnashgan: 23 g‘alaba va uch mag‘lubiyat. Uning oxirgi bahsi 12 aprel kuni o‘tgan UFC 314 turnirida Maykl Chandlarni mag‘lub etish bilan yakunlangan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist