Rasman: Genri Sexudo UFC roʻyxatidan oʻchirildi
38 yoshli amerikalik jangchi, UFC’da ikki vazn toifasida sobiq chempion bo‘lgan Genri Sexudo hamda 31 yoshli BAA vakili Muhammad Yahyo Dana Uayt boshchiligidagi UFC promoushenidan rasman chiqarildi.
Sexudo Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan UFC 323 turnirida vatandoshi Peyton Talbottga qarshi jangda hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub bo‘lganidan so‘ng faoliyatini yakunlashini e’lon qildi.
U UFC tarixida kam sonli ikki vazn toifasida chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan jangchilardan biri bo‘lib, eng yengil va yengil vazn toifalarida chempion bo‘lgan, har ikki kamarni himoya qilgan hamda bir qator mashhur raqiblarni mag‘lub etgan. Shuningdek, Sexudo 2008 yilgi Olimpiya o‘yinlarining erkin kurash bo‘yicha g‘olibi hisoblanadi. Faoliyati davomida u 16 ta g‘alaba va 6 ta mag‘lubiyat qayd etgan.
Muhammad Yahyo esa UFC’da uchta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning barchasida mag‘lubiyatga uchragan.