Rasman: Genri Sexudo MMA'dagi faoliyatini yakunladi
UFC’ning ikki vazn toifasida sobiq chempion bo‘lgan amerikalik Genri Sexudo Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan UFC 323 turnirida hamyurti Peyton Talbottga hakamlar bir ovozdan chiqargan qarori bilan mag‘lub bo‘ldi va o‘zining professional faoliyatiga yakun yasadi.
Sexudo professional MMA’da 16 ta g‘alaba va 6 ta mag‘lubiyatga ega. U 38 yoshda. Bugungi jangdan so‘ng Genri imkoniyat yaratib bergani uchun UFC prezidenti Dana Vaytga samimiy minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, u oktagonda taniqli menejer Ali Abdel-Aziz bilan ham xayrlashdi.
Eslatib o‘tamiz, Sexudo UFC’da ikki karra chempion bo‘lgan — u bantamveyt va flyweight toifalarida kamarni qo‘lga kiritib, ikkala chempionlikni ham muvaffaqiyatli himoya qilgan. Shuningdek, Genri 2008 yilgi Olimpiya o‘yinlarida erkin kurash bo‘yicha chempionlikni qo‘lga kiritgan.