locale OZ

Rashid Talipov: Agar musobaqalarda adolat bo’lmasa biz ko’zlagan maqsadimizga erisha olmaymiz

O’zbekiston karate WKF assotsiatsiyasi raisi Rashid Talipov boshchiligida tahliliy va tanqidiy yig’ilish bo’lib o’tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rashid Talipov: Agar musobaqalarda adolat bo’lmasa biz ko’zlagan maqsadimizga erisha olmaymiz
photo: karate Uzbekistan

Rashid Talipov: Agar musobaqalarda adolat bo’lmasa biz ko’zlagan maqsadimizga erisha olmaymiz!

Bugun O’zbekiston karate WKF assotsiatsiyasi raisi Rashid Talipov boshchiligida tahliliy va tanqidiy yig’ilish bo’lib o’tdi. Kun tartibidan bir qator masalalar o’rin egalladi. Xususan, Andijonda o’tgan tashkilotlar o’rtasidagi O’zbekiston chempionatida yo’l qo’yilgan kamchiliklar, hakamlik borasidagi e’tirozlar e’tibor markazida bo’ldi.

Yig’ilishda assotsiatsiya mas’ullari, terma jamoa bosh murabbiyi hamda assotsiatsiya bosh hakami ishtirok etdi. Mas’ullarga yo’l qo’yilgan xatolar ustida jiddiy ishlab, kamchiliklarni bartaraf etish vazifasi yuklandi.

“Biz har bir musobaqaga jiddiylik va adolat bilan yondashmasak, xatolarga yo’l qo’ysak ko’zlagan maqsadimizga erisha olmaymiz. Shunday ekan har biringiz zimmangizdagi mas’uliyatni his qilishingiz kerak” dedi assotsiatsiya raisi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting