locale OZ

Ramazon Temirovning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma'lum bo'ldi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ramazon Temirovning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma'lum bo'ldi
FОТО: UFC.com

Super yengil vazn toifasida o'zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirov navbatdagi janggini qachon va kimga qarshi o'tkazishi ma'lum bo'ldi.

Mavjud xabarlarga ko'ra, hamyurtimiz Qozog'iston vakili Asu Almabayevga qarshi oktagonga ko'tarilishi mumkin. Mazkur jang 26-iyul kuni BAA'dagi UFC Fight Night turniri doirasida o'tkazilishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Ramazon Temirov o'zining so'nggi janggini joriy yilning 2-mart sanasida Las-Vegasda tashkil etilgan UFC Fight Night turnirida Charlz Jonsonga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting