locale OZ

Ramazon Temirovning jangi bekor qilindi — sabab doping

Temirov Abu-Dabidagi bellashuvda qatnasha olmaydi, chunki tasodifan qabul qilgan doridan taqiqlangan modda aniqlangan
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

26 iyul kuni Abu-Dabida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Ramazon Temirov va Asu Almabayev o‘rtasidagi jang bekor qilindi. Bu haqda Temirovning o‘zi ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jangning bekor qilinishiga jarohat emas, balki doping bilan bog‘liq muammo sabab bo‘lgan:

“Men ham, raqibim ham jarohat olmadi. Muammo bizning tomondan yuzaga keldi. Tailandga kelgan paytimda tanamda har xil infeksion yaralar paydo bo‘ldi. Bu yerga yangi kelgan sportchilarda tez-tez uchraydigan holat ekan. Shundan so‘ng dietologim menga dori yozib berdi va men uni qabul qildim. Oradan 3-4 kun o‘tib, doping nazorati tahlil olib ketdi.

Yaqinda chiqqan natijalarga ko‘ra, ichgan dorim tarkibida taqiqlangan modda mavjud ekani aniqlandi. Shu boisdan jangimiz bekor qilindi. Hammasi Allohning xohishi bilan. Biz hech qachon raqib tanlamaganmiz, faqatgina Allohdan qo‘rqamiz. Inshaalloh, yaqin kunlarda yangi jangimiz aniqlanadi”, — dedi Temirov.

Temirovning navbatdagi qachon va qaerda jang qilishi hozircha noma’lum.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting