Ramazon Temirov: Pantojaning keyingi raqibi men bo‘laman
UFC jangchisi chempionlik uchun maqsad qo‘ydi va Pantojaga chaqiriq yo‘lladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Sports.uz
O‘zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirov Instagram’dagi storisida o‘ta yengil vazn toifasining amaldagi chempioni Aleksandr Pantoja bilan jang qilish istagini bildirdi.
UFC axborot xizmati o‘z sahifasida Pantojaning sakkiz nafar raqibini mag‘lub etgani haqida xabar qoldirgan edi. Temirov esa bu postga javob tariqasida:
“Allohga oson. In shaa Alloh keyingi raqibi va chempioni o‘zim bo‘laman,” — deya izoh berdi.
Ayni paytda Temirov vazn toifasi reytingida 13-o‘rinda bormoqda. U 26 iyul kuni 9-pog‘onada turgan qozoqistonlik Asu Almabayevga qarshi jang qiladi. Muvaffaqiyatli natija unga chempionlikka yana bir qadam yaqinlashish imkonini beradi.

Bakradze Iman
Redaktor