locale OZ

Ralli bo‘yicha marshallar uchun malaka oshirishga qaratilgan o‘quv treningini o‘tkazildi

Treningning asosiy maqsadi — rasmiy shaxslar malakasini oshirish hamda musobaqalarni o‘tkazish standartlarini takomillashtirishdan iborat.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ralli bo‘yicha marshallar uchun malaka oshirishga qaratilgan o‘quv treningini o‘tkazildi
photo: Autosport Uzbekistan

O‘zbekiston Milliy Avtomobil va Mototsikl Federatsiyasi “Ralli” yo‘nalishi bo‘yicha marshallar uchun malaka oshirishga qaratilgan o‘quv treningini o‘tkazdi.

Treningning asosiy maqsadi — rasmiy shaxslar malakasini oshirish hamda musobaqalarni o‘tkazish standartlarini takomillashtirishdan iborat.

Ralli qo‘mitasi Raisi Alim Ahmadjanov va Sport menejeri Konstantin Gordeyev ralli musobaqalarini tashkil etishning muhim jihatlarini, jumladan, musobaqa tuzilmasi, tayyorgarlik bosqichlari va asosiy reglamentlarni taqdim etdilar.

Ishtirokchilarga ushbu sport turining muhim elementlari — stenogramma, nazorat kartasi, vaqt nazorati tizimi va nazorat punktlari faoliyati haqida batafsil tushuntirish berildi. Shuningdek, trassa infratuzilmasi, belgilarning ahamiyati hamda xavfsizlikni ta’minlash talablari ko‘rib chiqildi.

Alohida e’tibor rasmiy shaxslarning vazifalari, ularning jihozlanishi va xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikka, shuningdek favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartibiga qaratildi.

Bundan tashqari, marshallar zamonaviy muvofiqlashtirish vositalari — radioloqa va telemetriya bilan tanishtirildi hamda FIA platformalarida xalqaro ta’lim olish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

Bunday treninglarning o‘tkazilishi O‘zbekistonda avtosportni rivojlantirish va xalqaro standartlarni joriy etishga xizmat qiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting