locale OZ

Rajabali Shaydullayev RIZIN va PFL chempionlik kamarlarini birlashtirdi

Qirg‘izistonlik MMA jangchisi Yaponiyada bo‘lib o‘tgan Super RIZIN 5 turnirining markaziy jangida amerikalik Ey Jey MakKini mag‘lub etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rajabali Shaydullayev RIZIN va PFL chempionlik kamarlarini birlashtirdi
Foto: Getty Images

Qirg‘izistonlik MMA jangchisi Rajabali Shaydullayev Yaponiyada bo‘lib o‘tgan Super RIZIN 5 turnirining markaziy jangida amerikalik Ey Jey MakKini mag‘lub etdi. Shu tariqa u RIZIN chempionlik kamarini himoya qilish bilan birga PFL’ning vakant chempionlik kamarini ham qo‘lga kiritdi.

Jang to‘liq uch raund davom etdi va yakunda hakamlar bir ovozdan Shaydullayevning g‘alabasini qayd etdi. Ushbu to‘qnashuvda bir vaqtning o‘zida RIZIN va PFL’ning yarim yengil vazndagi chempionlik kamarlari o‘rtaga qo‘yilgandi.

Shu tariqa 25 yoshli Shaydullayev ikki tashkilot chempionlik kamarini o‘zida jamladi va professional faoliyatidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi. Uning hisobida endilikda 19 ta g‘alaba va 0 ta mag‘lubiyat mavjud. Shulardan 18 tasi muddatidan oldin qo‘lga kiritilgan.

Ma’lumot uchun, Super RIZIN 5 turniri 10-sentabr kuni Yaponiyaning Osaka shahridagi “Kyocera Dome Osaka” arenasida tashkil etildi. Shaydullayev RIZIN’da 2024-yildan buyon jang qilib kelmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting