locale OZ

«Rahbar kubogi» sport musobaqasi respublika bosqichi g'oliblari taqdirlandi

Musobaqa g'olib va sovrindorlariga kubok, diplom va qimmatbaho sovg'alar topshirildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Rahbar kubogi" sport musobaqasi respublika bosqichi g'oliblari taqdirlandi
Фото: Спорт вазирлиги

Bugun Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda tizim tashkilotlari markaziy apparati xodimlari o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha "Rahbar kubogi" sport musobaqasining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Sport vaziri maslahatchisi Sharifjon Momindjanov ishtirok etib, musobaqa g‘oliblarini tabrikladi.

Yakuniy natijalar quyidagicha:

1-o‘rin: Jizzax viloyati Zomin tumani sport maktabi jamoasi

2-o‘rin: Toshkent shahar sport boshqarmasi jamoasi

3-o‘rin: Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi jamoasi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlariga kubok, diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Shuningdek, turli nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, munosib taqdirlandi

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting