locale OZ

«Rahbar kubogi» saralash bosqichi o‘tkazildi

Endi g‘olib jamoalar 17–19 oktyabr kunlari Samarqand viloyatida o‘tkaziladigan Respublika bosqichida ishtirok etadilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Rahbar kubogi» saralash bosqichi o‘tkazildi
Фото: Спорт вазирлиги

Toshkent viloyati sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashgan sport maktabida viloyat Sport boshqarmasi tasarrufidagi sport ta’lim muassasalari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “Rahbar kubogi” sport musobaqalarining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoalar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi. Bellashuvlar qizg‘in va murosasiz ruhda kechdi.

Jami 24 ta jamoa ishtirok etgan musobaqada har bir jamoa g‘alaba uchun bor kuchini safarbar etdi.

G‘olib va sovrindor jamoalar viloyat Sport boshqarmasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Endi g‘olib jamoalar 17–19 oktyabr kunlari Samarqand viloyatida o‘tkaziladigan Respublika bosqichida ishtirok etadilar.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting