locale OZ

«Rahbar kubogi» musobaqasining respublika bosqichi boshlandi

15 ta jamoa ikki kun davomida “Rahbar kubogi” uchun qizg‘in bahs olib boradi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Rahbar kubogi” musobaqasining respublika bosqichi boshlandi
Фото: Спорт вазирлиги

Avval xabar berganimizdek, bugun Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda tizim tashkilotlari markaziy apparati xodimlari o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha “Rahbar kubogi” sport musobaqasining respublika bosqichi boshlandi.

Musobaqaning ochilish marosimida Sport vaziri maslahatchisi Sharifjon Momindjanov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi viloyat hududiy bo‘linmasi ijrochi direktori Qayum Sobirov hamda sport boshqarmalari rahbarlari, vazirlik va viloyat jamoalari tarkibi, hakamlar, sportchi-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar tomonidan ta’kidlanganidek, ushbu musobaqalardan ko‘zlangan asosiy maqsad sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, soha xodimlarining ijtimoiy faolligi va jamoaviyligini oshirish hamda salomatligini mustahkamlashdan iboratdir.

Vazirlik hamda tizim tashkilotlari markaziy apparati xodimlaridan iborat 15 ta jamoa “Rahbar kubogi” uchun ikki kun davomida qizg‘in bahs olib boradi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting