Rahbar kubogi – 2025 musobaqasi g'oliblari aniqlandi
Farg‘ona viloyati Sport boshqarmasi tashabbusi bilan viloyatdagi sport ta’lim muassasalari xodimlari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha an’anaviy “Rahbar kubogi – 2025” musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqa jarayonida jamoalar o‘zaro bellashib, sportda jamoaviylik va faollikni namoyon etdilar. Tadbir sportni ommalashtirish hamda xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.
Yakuniy natijalar quyidagicha:
1-o‘rin – Farg‘ona viloyati Sport boshqarmasi jamoasi
2-o‘rin – Furqat tumani sport maktabi jamoasi
3-o‘rin – Quvasoy shahar jamoasi
G‘olib va sovrindor jamoalar pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
G‘olib jamoa 17-19 oktyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan respublika bosqichida ishtirok etadi.