Rafinya «Barselona» bilan shartnomasini uzaytirdi
«Barselona» Rafinyani 2022-yilda «Lids» klubidan sotib olgandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Getty Images
Braziliyalik hujumchi Rafinya Dias «Barselona» bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Rafinya kataloniyaliklar bilan shartnomasini 2030-yil iyun oyiga qadar uzaytirgan. Barcha hujjatlar rasmiylashtirilib, imzolangan. Agar reja bo‘yicha ketsa, klub bu haqda juma kuni rasman e’lon qiladi.
«Barselona» Rafinyani 2022-yilda Angliyaning «Lids» klubidan taxminan 60 million yevro evaziga sotib olgan.
29 yoshli forvard joriy mavsumda barcha turnirlarda 8 ta uchrashuvda 14 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali mutaxassislari Rafinyaning bozor qiymatini 70 million yevro deb baholamoqda.