Quyi Chirchiqda zamonaviy universal sport maydonchasi foydalanishga topshirildi
Sport vazirligi tashabbusi bilan Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani “Gul” mahallasida universal sport maydonchasi qurilib, foydalanishga topshirildi.
Yangi inshootning ochilish marosimi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Tadbirda mahalla faxriylari, sport maktabi rahbariyati, yoshlar, jamoat faollari va tuman hokimligi vakillari ishtirok etib, ushbu sport maydonchasining ahamiyati haqida fikr bildirdi. So‘zga chiqqanlar mazkur inshoot yoshlar o‘rtasida sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishda muhim omil bo‘lishini ta’kidladi.
Ochilish marosimi davomida yoshlarga maydonchadan unumli foydalanish, uni asrab-avaylash, jamoaviy sport tadbirlarini muntazam tashkil etish hamda sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlarda faol qatnashish bo‘yicha tavsiyalar berildi.