locale OZ

Qudratbek Salimjonov Osiyo chempionatida mutlaq chempion bo‘ldi

O‘zbekiston og‘ir atletikasi yangi zafarlarni qayd etmoqda
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

Qozog‘istonning Ostona shahrida o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati qizg‘in tarzda davom etmoqda.

O‘zbekiston delegatsiyasi a’zosi Qudratbek Salimjonov musobaqada ajoyib natija qayd etib, 3 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi. U dast ko‘tarishda — 169 kg, siltab ko‘tarishda — 191 kg, ikki kurash natijasi bo‘yicha esa 360 kg ko‘tarib, barcha mashqlarda zafar quchdi.

Ma’lumot uchun, Qudratbek joriy yil Limada (Peru) o‘tgan jahon chempionatida dast ko‘tarish mashqida 167 kg natija bilan bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. Bu galgi Osiyo chempionatida esa u o‘z shaxsiy natijasini yaxshilab, xalqaro arenalardagi tajribasini yana bir bor namoyish etdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting