locale OZ

Qozog‘istonning Ostona shahrida Yevrosiyo ligasi musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qozog‘istonning Ostona shahrida Yevrosiyo ligasi musobaqasi bo‘lib o‘tdi
PHOTO: Telegram

Qozog‘istonning Ostona shahrida Yevrosiyo ligasi doirasida navbatdagi xalqaro ot sporti musobaqasi o‘tkazildi. Ushbu tadbirda Yevrosiyo mintaqasining yetti davlatidan eng kuchli chavandozlar ishtirok etdi.

Musobaqaning 125 sm balandlikdagi konkur yo‘nalishida o‘tkazilgan bosqichi qizg‘in va murosasiz kechdi. Natijalar quyidagicha:

125 sm yo‘nalishi bo‘yicha natijalar:
1-o‘rin — Andrey Tryapitsin (Qirg‘iziston)
2-o‘rin — Xurshidbek Alimjanov (O‘zbekiston)
3-o‘rin — Dayana Onaeva (Qozog‘iston)
4-o‘rin — Azamat Khasenov (Qozog‘iston)
5-o‘rin — Rinat Galimov (Qirg‘iziston)

O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada yuqori natijalar qayd etdi. Ayniqsa, 140 sm balandlikdagi yo‘nalishda o‘zbekistonlik chavandozlar o'z mahoratini namoyon etdi.

140 sm yo‘nalishi bo‘yicha natijalar:
1-o‘rin — Xurshidbek Alimjanov, ot: Champions League (O‘zbekiston)
2-o‘rin — Akbar Sharipov, ot: Afir (O‘zbekiston)
3-o‘rin — Begzod Kurbanov, ot: Matts V.G (O‘zbekiston)
4-o‘rin — Kamil Sabitov, ot: Figaro (Qirg‘iziston)
5-o‘rin — Okil Sobirjonov, ot: Parij (O‘zbekiston)

Qozog‘istonning Ostona shahrida o‘tkazilgan ushbu musobaqa kelgusida ham an’anaviy tarzda davom ettirilishi rejalashtirilmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting