locale OZ

Qozog‘istonda legioner sportchilarga davlat mablag‘lari sarflanmaydi

Yangi qonun byudjet hisobidan chet ellik sportchilarni moliyalashtirishni taqiqladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Qozog‘istonda jismoniy tarbiya va sport sohasini tubdan isloh qilish doirasida muhim yangilik joriy etildi. Mamlakat Turizm va sport vazirligi xabariga ko‘ra, Prezident Qosim-Jomart Toqayev tomonidan 2025 yil 15-aprel kuni imzolangan va 16-iyun kuni kuchga kirgan yangi qonunga asosan, davlat byudjeti hisobidan chet ellik sportchilarning maoshi va ta’minotini moliyalashtirish taqiqlanadi.

Mazkur hujjat milliy sport salohiyatini oshirish, mahalliy sportchilarni qo‘llab-quvvatlash va davlat mablag‘laridan samarali foydalanish maqsadida ishlab chiqilgan.

Shuningdek, qonunda professional sport klublarini davlat tomonidan moliyalashtirishga ham cheklovlar kiritildi. Buning maqsadi — byudjet xarajatlarini shaffoflashtirish, klublarni xususiy va boshqa byudjetdan tashqari manbalar orqali rivojlantirishga undash, shu orqali ularning davlatga bog‘liqligini kamaytirishdir.

Qonun Qozog‘istonda sport tizimini yanada mustaqil, samarali va milliy manfaatlarga mos holda tashkil etishga xizmat qiladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting