locale OZ

Qozog‘iston terma jamoasi murabbiylar shtabi O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasida Qozog‘iston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qozog‘iston terma jamoasi murabbiylar shtabi O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasiga tashrif buyurdi
photo: Og'ir atletika

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasida Qozog‘iston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi sport hamkorligini yanada mustahkamlash va o‘zaro tajriba almashishni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan uchrashuv davomida mehmonlar federatsiya faoliyati, sportchilar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar hamda olib borilayotgan tizimli ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi bosh kotibi Olimjon Mahmudov qozog‘istonlik mutaxassislar bilan istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildi. Xususan, hududiy va xalqaro musobaqalarga birgalikda tayyorgarlik ko‘rish, qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish, sportchilar va murabbiylar o‘rtasida tajriba almashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ta’kidlash joizki, Markaziy Osiyo og‘ir atletika maktabi bugungi kunda jahon sportida yetakchi o‘rinlardan birini egallab kelmoqda. Shu nuqtai nazardan, mazkur uchrashuv ikki davlat terma jamoalari o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, sportchilar mahoratini oshirish hamda kelajakdagi yirik musobaqalarda yuqori natijalarga erishish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting