Qozog‘iston Respublikasi Ochiq karting chempionati 2026: O‘zbekiston sportchilarining ishonchli starti va sovrinli natijalari
Qozog‘iston Respublikasi Ochiq karting chempionati 2026: O‘zbekiston sportchilarining ishonchli starti va sovrinli natijalari.
Olmaota viloyatidagi STK «Sokol» kartodromida "Qozog‘iston Respublikasi Кarting Ochiq Сhempionati 2026"ning 1-bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Chempionat dasturidan Mini, OK-J va OK-N xalqaro toifalari o‘rin oldi. Musobaqada ayniqsa, OK-N toifasiga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur toifada Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikasi milliy federatsiyalari tomonidan tashabbus qilingan va imzolangan yagona texnik reglament asosida kartlar qo‘llanilmoqda, bu esa barcha ishtirokchilar uchun teng sharoitlarni ta’minlaydi.
Musobaqalar FIA Xalqaro sport kodeksi hamda CIK-FIA reglamentlari talablari asosida o‘tkazilmoqda, bu esa yuqori darajadagi tashkilotchilik, xavfsizlik va sport raqobatini kafolatlaydi. Bosqich formati rasmiy mashg‘ulotlar, saralash va ikki final poygadan iborat bo‘lib, yakuniy g‘olib aynan shu natijalar asosida aniqlanadi.
O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada bir nechta toifalarda ishtirok etishdi. 1-bosqich yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston sportchilari xalqaro toifalarda munosib natijalar qayd etib, sovrinli o‘rinlarni egallashdi.