Qozog‘iston og‘ir atletika federatsiyasi vitse-prezidenti O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasida mehmon bo‘ldi
Qozog‘iston og‘ir atletika federatsiyasi vitse-prezidenti Jambulat Ziadin O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasiga tashrif buyurdi. Mehmonni O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov qabul qildi.
Uchrashuv davomida ikki qardosh mamlakat o‘rtasidagi sport sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Tomonlar og‘ir atletikani yanada rivojlantirish, terma jamoalarning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini oshirish hamda istiqboldagi yirik musobaqalarga birgalikda tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha fikr almashdilar.
Shuningdek, ayni kunlarda O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarining samaradorligi alohida e’tirof etilib, bunday yig‘inlarni kelgusida xorijiy mamlakatlarda ham tashkil etish yuzasidan takliflar ilgari surildi.
Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Qozog‘iston og‘ir atletika federatsiyalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari izchil rivojlanib bormoqda. Har ikki mamlakatda muntazam ravishda qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etilib, sportchilar va murabbiylar o‘rtasida tajriba almashish yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur hamkorlik sportchilarning mahoratini oshirish, xalqaro musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda ikki mamlakat sport do‘stligini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.