Qozog‘iston futzal terma jamoasi Toshkentga yetib keldi
Futzal bo‘yicha Qozog‘iston milliy terma jamoasi FIFA taqvimiga muvofiq 14-19 oktyabr kunlari o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish va O‘zbekiston terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida kuch sinashish uchun Toshkentga uchib keldi.
Qozog‘iston terma jamoasining bu galgi yig‘iniga 17 nafar o‘yinchi taklif etilgan. Ulardan 16 nafari ichki chempionatda faoliyat yuritsa, 1 nafari legionerdir:
Qozog‘iston terma jamoasining Toshkentga olib kelingan tarkibi bilan tanishing:
Darvozabonlar:
Talg‘at Utepbergenov ("Atyrau")
Bakdaulet Umirzakov ("Astana")
Artur Galikhanov ("Oyat")
Maydon o‘yinchilari:
Albert Akbaliqov ("Aktobe")
Nurkanat Baktiyarov ("Aktobe")
Ramazon Bissembaevich ("Atyrau")
Ozod Valiullin ("Oyat")
Ivan Maraxov ("Oyat")
Ilyas Bolekbaev ("Bayterek")
Edson Gomes Dos Santos ("Qayrat")
Birjan Orazov ("Qayrat")
Damir Qayirbay ("Qayrat")
Timur Malibekov ("Tulpar")
Akjol Daribay ("Semey")
Abdirasil Abdumanapuli ("Semey")
Nursulton Piyali ("Semey")
Aleksandr Deryabin ("Tyumen," Rossiya)
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston – Qozog‘iston terma jamoalari uchrashuvi 2025-yil, 16-oktyabr kuni “Yunusobod” sport majmuasida, soat 17:00 da boshlanadi.