Qo‘rg‘ontepa gandbolchilari O‘zbekiston kubogining chorak finaliga yo‘l oldi
Musobaqa keyingi bosqichlarda yanada qizg‘in va keskin bahslarga boy bo‘lishi kutilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Андижон спорт бошқармаси
Buxoro Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida gandbol bo‘yicha o‘smirlar va o‘smir qizlar (U-14) o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi qizg‘in va murosasiz bahslarda davom etmoqda.
Mazkur nufuzli musobaqada Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani 1-son sport maktabi tarbiyalanuvchilari munosib ishtirok etib, yuqori sport mahoratini namoyish qilmoqda. Jamoa chorak final (1/4 final) bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Bugun bo‘lib o‘tgan bellashuvda Qo‘rg‘ontepa tumani jamoasi Xorazm viloyati jamoasiga qarshi maydonga tushib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Musobaqa keyingi bosqichlarda yanada qizg‘in va keskin bahslarga boy bo‘lishi kutilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist