locale OZ

Qoraqalpog‘istonda \"Yangi O‘zbekiston olimpiya cho‘qqilari\" musobaqasi tashkil etildi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qoraqalpog‘istonda "Yangi O‘zbekiston olimpiya cho‘qqilari" musobaqasi tashkil etildi
PHOTO: Telegram

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan respublikamiz bo‘ylab tashkil etilayotgan "Yangi O‘zbekiston olimpiya cho‘qqilari" sport musobaqalari Qoraqalpog‘istonda ham o‘tkazildi.

Qo‘ng‘irot tumanida dzyudo bo‘yicha birinchi hududiy bosqichining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Qo‘ng‘irot tumani hokimi o‘rinbosari A.Mamutov, O‘zbekiston milliy Olimpiya qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi ijrochi direktori Sh.Aytbayev so‘zga chiqib, sportchilarga omad tiladi.

Mo‘ynoq, Qonliko‘l, Shumanay va Qo‘ng‘irot tumanlaridan kelgan 130 nafarga yaqin sportchi bir nechta vazn toifasida medallar hamda keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun bahs olib bordi.

Bu o`tkazilayotgan musobaqalar bolalarning ta`til kunlari ularga katta bayram bo`lyapti. Murabbiylar uchun esa seleksiya vazifasini bajarib bermoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting