Qoʻqon shahridagi sport maktablarining faoliyati tanqidiy koʻrib chiqildi
Faoliyat olib borayotgan murabbiylarning ishi ham atroflicha tahlil qilindi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Olympic.uz
Rasmiylar tomonidan olib borilgan oʻrganish ishlari Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahrida davom etdi.
Mutasaddilar tashrif doirasida shahardagi 1 va 2-son sport maktablari, shuningdek, 12 va 20-son umumta’lim maktablarini koʻzdan kechirishdi. Jarayon tanqidiy ruhda oʻtdi.
Barcha muassasalardagi sharoitlar, xususan, kiyim almashtirish xonalaridagi sanitar holatni yaxshilash, mashgʻulot zalidagi inventarlarni toʻliq yangilagan holda yoshlar uchun zarur imkoniyatlarni yaratish borasida koʻrsatmalar berildi.
Qolaversa, faoliyat olib borayotgan murabbiylarning ishi ham atroflicha tahlil qilindi.
Tashrif doirasida bir necha ishchi guruhi hududlarga boʻlingan holda oʻrganish ishlarini davom ettirmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist