locale OZ

Qo'l to'pi. Toshkentda bo'lib o'tadigan osiyo chempionati ishtirokchilari ma'lum

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qo'l to'pi. Toshkentda bo'lib o'tadigan osiyo chempionati ishtirokchilar ma'lum
Photo: gettyimages

Osiyo qo'l to'pi federatsiyasi (AHF) joriy yili qit’a miqyosida o‘tkaziladigan musobaqalardan birini mamlakatimizda o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

Unga ko‘ra, joriy yilning 20-29 avgust kunlari Toshkent shahrida U-20 qizlar jamoalari o‘rtasida XVIII-Osiyo chempionati tashkil etiladi.
Mazkur musobaqada 10 ta jamoa qit’a chempionligi uchun o‘zaro bahs yuritadi.

Hozircha, bu ro‘yxatdan O‘zbekistan, Eron, Janubiy Koreya, Qozog‘iston, Xitoy, Yaponiya, Hindiston, Xitoy Taypeyi, Gonkong va Qirg‘izston terma jamoalari o‘rin olgan. O‘zgarishlar haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Shu o‘rinda aytish lozim, Osiyo chempionati yakuni bo‘yicha eng kuchli to‘rt jamoa 2026 yili bo‘lib o‘tadigan XXV-jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting