locale OZ

Qo‘l jangi sport turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining final bahslariga start berildi

Musobaqa 12-fevralga qadar davom etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qo‘l jangi sport turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining final bahslariga start berildi
Фото: Olympic.uz

Shu kunlarda poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida qoʻl jangi boʻyicha oʻsmirlar va kattalar oʻrtasi mamlakat birinchiligi oʻtkazilmoqda. Bugun mazkur musobaqaning ochilish marosimida final janglariga start berildi.

Tadbirda O‘zbekiston qo‘l jangi federatsiyasi raisi, Milliy gvardiya qo‘mondoni general-polkovnik Bahodir Tashmatov, Sport vaziri Adham Ikramov, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov ishtirok etishdi.

Marosimda so‘zga chiqqan rasmiylar sportchilarga va tadbirga tashrif buyurgan qo‘l jangi ixlosmandlariga samimiy tilaklarini bildirishdi.

Bugungi final janglarida g‘olib bo‘lgan sportchilar tadbir so‘ngida munosib taqdirlandilar. Musobaqa 12-fevralga qadar davom etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting