locale OZ

Qo‘l jangi bo‘yicha viloyat federatsiyasi raisi kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Musobaqa yuqori saviyada, qizg‘in bellashuvlar va murosasiz bahslar ruhida o‘tmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qo‘l jangi bo‘yicha viloyat federatsiyasi raisi kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi
photo: Qo'l janggi Uzbekistan

Bugun Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasining Qo‘l jangi markazida 14-yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar qo‘l jangi Namangan viloyat federatsiyasi raisi kubogi uchun musobaqa tashkil etildi.

Musobaqada huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari 8 ta vazn toifasida o‘zaro kuch sinashmoqda. Tadbirning asosiy maqsadi xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy va ruhiy tayyorgarlikni yuksaltirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, qo‘l jangi sport turini ommalashtirishdan iboratdir.

Musobaqa yuqori saviyada, qizg‘in bellashuvlar va murosasiz bahslar ruhida o‘tmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting