Qo‘l jangi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda
Final janglarida g‘olib bo‘lgan sportchilar tadbir so‘ngida munosib taqdirlandilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Mazkur musobaqaning final janglariga start berildi va ochilish marosimida O‘zbekiston qo‘l jangi federatsiyasi raisi — Milliy gvardiya qo‘mondoni general-polkovnik Bahodir Tashmatov, Sport vaziri Adkham Ikramov , O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Kasimov hamda kuch tuzilmalarining mutasaddi rahbarlari ishtirok etishdi.
Tantanali marosimda so‘zga chiqqan O‘zbekiston qo‘l jangi federatsiyasi raisi — Milliy gvardiya qo‘mondoni Bahodir Tashmatov va Sport vaziri Adkham Ikramovlar sportchilarga va tadbirga tashrif buyurgan qo‘l jangi ixlosmandlariga samimiy tilaklarini bildirishdi.
Qizg‘in va murosasiz bellashuvlar ostida bo‘lib o‘tgan va final janglarida g‘olib bo‘lgan sportchilar tadbir so‘ngida munosib taqdirlandilar.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist