Qizlar o‘rtasidagi gandbol musobaqasining respublika bosqichi boshlandi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz
Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida qizlar o‘rtasida gandbol musobaqasining respublika bosqichi tantanali tarzda start oldi.
Tadbirda Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Bazarov, Sport vaziri maslahatchisi Sharifjon Mo‘minjonov ishtirok etib, mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdilar. Ular barcha jamoalarga musobaqada omad va zafarlar tiladilar.
Ochilish marosimidan so‘ng jamoalar qur’a asosida bellashuvlarni boshlab yuborishdi. Musobaqa davomida sportchi qizlar o‘z mahoratlari, jamoaviy uyg‘unlik va g‘alabaga intilishlarini namoyon etadilar.
Bakradze Iman
Redaktor