Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bayrami munosabati bilan kurash musobaqasi bo'lib o'tdi
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bayrami munosabati bilan Termiz shahridagi “Kurash” majmuasida o‘tkazilgan kurash musobaqasi qizg‘in va murosasiz bahslar bilan bo‘lib o'tdi.
Musobaqada mamlakatimiz hududlari hamda qo‘shni respublikalardan tashrif buyurgan nomdor polvonlar turli vazn toifalari bo‘yicha bellashdi.
G‘oliblar vazn toifalari bo‘yicha quyidagi sovrinlarni qo‘lga kiritdi:
- tuya
- ot
- qo‘y
- turli qimmatbaho sovg‘alar
- pul mukofotlari
- bosh sovrin — Prezident sovg‘asi “Damas” yengil avtomobili.
Mutloq vaznda Mamatrahimov Jahongirga teng keladigan raqib topilmadi va Bosh sovrin — Prezident sovg'asi "Damas" avtomobilini qo'lga kiritdi.
Malumot uchun: Kattalar o'rtasida o'tkazilgan O'zbekiston chempionatida -100 kg vazn toifasida ham faxrli 1-o'rinni egallagan.