Qirg‘izistonlik dzyudochilar bilan hamkorlikda Buxoro OPSTT markazida qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazishdi
Buxoro Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahridagi sport kollejidan 1 nafar dzyudo bo‘yicha murabbiy hamda 24 nafar yosh dzyudochilar tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida Buxoro OPSTT markazi dzyudo bo‘limi murabbiylari bilan hamkorlikda qo‘shma mashg‘ulotlar tashkil qilindi. Ushbu mashgʻulotlar yosh sportchilarning tajriba va mahoratini oshirish, o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda dzyudo sportini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Hozirda Buxoro OPSTT markazi dzyudochilari tomonidan “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarining dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi bosqichi bellashuvlariga tayyorgarlik ishlari ham jadal sur’atlarda olib borilmoqda.