Qilichbozlikning shpaga yo‘nalishida milliy terma jamoa a’zolarining o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini Navoiyda davom etmoqda
Mazkur yig‘in joriy yilning 12-aprel kuniga qadar davom etib, unda Navoiy, Samarqand, Buxoro hamda Toshkent viloyatlaridan tashrif buyurgan sportchilar ishtirok etmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: qilichbozlik Uzbekistan
O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi tashabbusi bilan sportning shpaga yo‘nalishida milliy terma jamoa a’zolari uchun Navoiy shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini yuqori saviyada tashkil etilib, qizg‘in ruhda davom etmoqda.
Mazkur yig‘in joriy yilning 12-aprel kuniga qadar davom etib, unda Navoiy, Samarqand, Buxoro hamda Toshkent viloyatlaridan tashrif buyurgan sportchilar ishtirok etmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida sportchilar o‘z mahoratlarini yanada oshirish, texnik va taktik ko‘nikmalarini mustahkamlash ustida izchil ish olib borishmoqda. Ushbu yig‘in "Prezident olimpiadasi" sport musobaqalari oldidan muhim tayyorgarlik bosqichi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor