locale OZ

Qilichbozlikning shpaga yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro tayyorgarlik bosqichi

Ushbu xalqaro yig‘in yangi tajribalar, ilg‘or metodikalar va xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikning amaliy bosqichidir.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qilichbozlikning shpaga yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro tayyorgarlik bosqichi
photo: qilichbozlik Uzbekistan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 8-iyuldagi PK-221-sonli qarori — “2028-yil Los-Anjeles shahrida (AQSh) bo‘lib o‘tadigan XXXIV Olimpiya va XVIII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi hujjat asosida mamlakatimizda sport sohasida izchil tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Shu maqsadda, yaqin kunlarda Saudiya Arabistonida o‘tadigan “Islom o‘yinlari— 2025” musobaqalariga puxta hozirlik ko‘rish uchun qilichbozlikning shpaga yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari hozirda Qozog‘iston Respublikasining Olma-Ota shahrida o‘tayotgan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida (O‘MY) ishtirok etmoqda.

Ushbu xalqaro yig‘in milliy sportchilarimiz uchun yangi tajribalar, ilg‘or metodikalar va xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikning amaliy bosqichidir.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting