locale OZ

Qilichbozlik. Yosh shpagachilar xalqaro turnir g’olibi bo'ldi

Qirg‘izistonning Bishkek shahrida qilichbozlikning shpaga yo‘nalishi bo‘yicha U-17 sportchilar o‘rtasida xalqaro turnir o‘tkazildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qilichbozlik. Yosh shpagachilar xalqaro turnir g’olibi bo'ldi
photo: qilichbozlik Uzbekistan

Qirg‘izistonning Bishkek shahrida qilichbozlikning shpaga yo‘nalishi bo‘yicha U-17 sportchilar o‘rtasida xalqaro turnir o‘tkazildi. Turnir hayajonli bellashuvlarga boy bo‘ldi!
O‘zbekistonlik yosh qilichbozlar ushbu musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib, yurtimizga munosib yutuqlar bilan qaytib kelishdi.

Kattalar va o‘smirlar o‘rtasidagi ayollar yakka bahsida O‘zbekiston Milliy terma jamoasi a’zosi Guzal Tashmuhammedova munosib tarzda 1-o‘rinni egalladi!

Jamoaviy yo‘nalishdagi natijalar:
• Nazarova Elsu
• Guzal Tashmuhammedova Ular jamoaviy bahslarda terma jamoamiz sharafini munosib himoya qilib, bronza medaliga sazovor bo‘lishdi!

Shuningdek o’g’il bolalar bahsida Ruzibaev Xurshid — o‘smirlar o‘rtasidagi musobaqada bronza medalini qo‘lga kiritdi!

Muvaffaqiyatlar ortida albatta jonkuyar va talabchan murabbiy turadi va u har doyim yosh sportchilarni yuqori natijalarga yetaklaydi.
Sportchilarimiz va ular murabbiylarini yutuqlari bilan tabriklaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting