locale OZ

Qilichbozlik. Yosh shpaga ustalari yana bir muhim bosqichda!

2026 yil 2–12 aprel kunlari Navoiy shahrida yosh qilichbozlarning mintaqaviy o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini qizg‘in davom etmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qilichbozlik. Yosh shpaga ustalari yana bir muhim bosqichda!
photo: qilichbozlik Uzbekistan

2026 yil 2–12 aprel kunlari Navoiy shahrida yosh qilichbozlarning mintaqaviy o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini qizg‘in davom etmoqda. Ushbu yig‘inda Navoiy, Samarqand, Buxoro va Toshkent viloyatlaridan kelgan sportchilar oldinda turgan eng muhim sinov — Prezident olimpiadasiga puxta tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

Mashg‘ulotlar jarayonida yosh sportchilar o‘z sport mahoratlarini tajribali murabbiylar — Saidbek Djeenbayev (Toshkent viloyati), Kamoliddin Raxmatov (Buxoro), Farxod Usanov (Samarqand) hamda Albina Abduraxmanova (Navoiy) rahbarligida oshirib bormoqda. Har bir mashg‘ulot — bu yangi tajriba, yangi kuch va yangi g‘alabalarga qo‘yilgan mustahkam qadamdir

Yig‘in tashkilotchilari O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi hamda Navoiy kon-metallurgiya kombinati rahbariyatiga ushbu o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini yuqori saviyada tashkil etishda ko‘rsatgan yaqindan ko‘magi uchun chuqur minnatdorlik bildirdilar.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting