Qilichbozlik. U-20 O‘zbekiston chempionatida sablya bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi
Toshkent shahrida o‘tkazilgan 2006-yilda tug‘ilgan va undan kichik sportchilar o‘rtasidagi U-20 O‘zbekiston Respublikasi chempionati doirasida sablya yo‘nalishi bo‘yicha yakkalik bahsi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada yurtimiz viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahridan tashrif buyurgan eng kuchli qilichbozlar ishtirok etdi. Jami qariyb 80 nafar iqtidorli yigit va qizlar mamlakat chempionligi uchun keskin va murosasiz bahslarda kuch sinashdi.
Yigitlar o‘rtasida:
1. Niyetali Kopteleuov — Qoraqalpog‘iston
2. Nursultan Kenesbayev — Nukus OPSTTM
3. Saidibroxim Alimov — Milliy klub
3. Aynazar Raxmanbergenov — Nukus OPSTTM
Qizlar o‘rtasida:
1. Perizat Mavlenbergenova — Nukus OPSTTM
2. Darina Babajanova— Toshkent
3. Feruza Sherniyazova— Qoraqalpog‘iston
3. Sevara Ganiyeva— Jizzax
Musobaqa yosh qilichbozlarning mahorati, irodasi va g‘alabaga bo‘lgan intilishini yana bir bor namoyish etdi.