locale OZ

Qilichbozlik. U-17 O’zCh: Sablya boyicha chempionlar aniqlandi

Yosh sportchilarimiz o‘z mahorati, matonati va g‘alabaga bo‘lgan kuchli ishtiyoqi bilan barchaga chinakam sport bayramini tuhfa etishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qilichbozlik. U-17 O’zCh: Sablya boyicha chempionlar aniqlandi
photo: qilichbozlik Uzbekistan

U-17 O’zCh: Sablya boyicha chempionlar aniqlandi

Toshkentda o‘tkazilgan 17 yoshgacha bo‘lgan qilichbozlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati yakunlandi.
Mazkur chempionat doirasida 13-14 fevral kunlari sablya yo‘nalishi bo‘yicha yakkalik va jamoaviy bahslar nihoyatda keskin, murosasiz va hayajonli ruhda bo‘lib o‘tdi.

Yosh sportchilarimiz o‘z mahorati, matonati va g‘alabaga bo‘lgan kuchli ishtiyoqi bilan barchaga chinakam sport bayramini tuhfa etishdi.

Yakkalik bahslari (yigitlar):

1 Bekjanov Artur — faxrli 1-o‘rin
2 Alimov Saidibrohim — 2-o‘rin
3 Ametbekov Sultonbek va Kabulov Alisher — 3-o‘rin

Yakkalik bahslari (qizlar):

1 Ganiyeva Sevara — 1-o‘rin
2 Utebayeva Nargiza — 2-o‘rin
3 Jaksimuratova Diana va Ruziyeva Salima — 3-o‘rin

Jamoaviy bahslar natijalari:

Yigitlar jamoasi:
1 Qoraqalpog‘iston 1
2 Toshkent 1
3 Qoraqalpog‘iston 2 va Qoraqalpog‘iston 3

Qizlar jamoasi:
1 Qoraqalpog‘iston 1
2 Qoraqalpog‘iston 3
3 Jizzax va Toshkent 1

Bu g‘alabalar — tinimsiz mehnat, temir intizom va sportga bo‘lgan cheksiz muhabbat samarasidir.

Bugungi yosh chempionlar — ertangi yirik xalqaro arenalar g‘oliblari! 🇺🇿

Barcha sportchilarni, murabbiylar va ota-onalarni samimiy tabriklaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting