Qilichbozlik. Toshkentda U-20 O‘zbekiston chempionati bo'lib o'tmoqda
Ayni kunlarda Toshkent shahrida 2006-yilda tug‘ilgan va undan kichik sportchilar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi chempionati U-20 bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu musobaqaning asosiy maqsadi qilichbozlik sport turini ommalashtirish va keng rivojlantirish;
- O‘zbekiston terma jamoalari uchun munosib zaxira sportchilarni tayyorlash;
- yosh qilichbozlar sport mahoratini oshirish;
- sportchilar o‘rtasida do‘stlik va sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlashdir.
O’zCh musobaqasi dasturi:
Shpaga yo‘nalishi
9 mart — shaxsiy va 10 mart —jamoaviy bellashuvlar.
Rapira yo‘nalishi
11 mart — shaxsiy
12 mart — jamoaviy bellashuvlar
Sablya yo‘nalishi
13 mart — shaxsiy bellashuvlar
14 mart - jamoaviy bahslar
Mazkur chempionat yosh sportchilar uchun katta tajriba maydoni bo‘lib, kelajakda xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini himoya qiladigan iste’dodli qilichbozlar yetishib chiqishiga xizmat qiladi.