locale OZ

Qilichbozlik. Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionati boshlandi

Mazkur nufuzli xalqaro musobaqa 2025-yilning 15–20-dekabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qilichbozlik. Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionati boshlandi
photo: qilichbozlik Uzbekistan

O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2025-yilga mo‘ljallangan respublika kalendar rejasiga muvofiq, qilichbozlik sport turi bo‘yicha kichik o‘smirlar (o‘g‘il va qiz bolalar) o‘rtasida Markaziy Osiyo chempionati musobaqasi start oldi.

Mazkur xalqaro musobaqada Gruziya, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda O‘zbekiston terma jamoalarining yosh qilichbozlari ishtirok etmoqda.

Bugungi bellashuvlarda shpaga yo‘nalishi bo‘yicha 13 yoshgacha bo‘lgan 100 nafarga yaqin sportchi g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.

Mazkur nufuzli xalqaro musobaqa 2025-yilning 15–20-dekabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting