locale OZ

Qilichbozlik. Toshkent yana bir bor xalqaro qilichbozlik markaziga aylanmoqda

Shu kunlarda qilichbozlik sporti muhlislari uchun “Ochiq eshiklar kunlari” ham tashkil etilgan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qilichbozlik. Toshkent yana bir  bor xalqaro qilichbozlik markaziga aylanmoqda
photo: qilichbozlik Uzbekistan

2025-yil 13-16 noyabr kunlari O‘zbekiston poytaxti qilichbozlikning sablya yo’nalishi bo‘yicha kade­tlar va yoshlar o‘rtasida FIE Jahon kubogi musobaqasiga mezbonlik qiladi.
Ushbu nufuzli xalqaro turnir,dunyoning eng kuchli yosh qilichbozlarini birlashtiradi.

JK bosqichida 17 mamlakat sportchilari ishtirok etishi kutilmoqda, jumladan:
Xitoy, Braziliya, Turkiya, Polsha, Argentina, Nigeriya, Isroil, Gonkong, Vengriya, Hindiston, Qozog‘iston, Koreya, Serbiya, Chexiya Respublikasi, Germaniya, Rossiya (FIE bayrog‘i ostida qatnashadi) va O‘zbekiston.

Hozirgi kungacha jahonning 280dan ortiq qilichbozlari ishtiroki tasdiqlandi:
Kadetlar (qizlar): 48 nafardan ortiq sportchilar;
Kadetlar (o‘g‘il bolalar): 53 sportchi.
Yoshlar (qizlar): 89 sportchi
Yoshlar (o‘g‘il bolalar): 99 sportchi.

Shu kunlarda qilichbozlik sporti muhlislari uchun “Ochiq eshiklar kunlari” ham tashkil etilgan. Barchani qiziqarli tadbir va JK musobaqasiga taklif etamiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting