Qilichbozlik. Toshkent viloyati kubogi o'tazilmoqda
Musobaqada 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar ishtirok etib, bahslar davomida ularning texnik-taktik mahorati, jismoniy tayyorgarligi va sport salohiyati sinovdan o‘tkazilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: qilichbozlik Uzbekistan
Toshkent viloyati Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida qilichbozlik sport turining shpaga, sablya va rapira yo‘nalishlari bo‘yicha U-23 yoshlar o‘rtasida Toshkent viloyati kubogi musobaqasi o‘tkazilmoqda.
Musobaqada 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar ishtirok etib, bahslar davomida ularning texnik-taktik mahorati, jismoniy tayyorgarligi va sport salohiyati sinovdan o‘tkazilmoqda.
Mazkur musobaqaning asosiy maqsadi — sportchilarning mahoratini oshirish, iqtidorli yoshlarni saralab olish hamda U-23 yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan O‘zbekiston kubogida Toshkent viloyati sharafini himoya qiladigan terma jamoa tarkibini shakllantirishdan iborat.