locale OZ

Qilichbozlik. Toshkent shahrida qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati start oldi

2026 yil 9–14 fevral kunlari poytaxtimizda qilichbozlikning uch yo‘nalishi bo‘yicha U-17 O‘zbekiston Respublikasi chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qilichbozlik. Toshkent shahrida qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati start oldi
photo: qilichbozlik Uzbekistan

2026 yil 9–14 fevral kunlari poytaxtimizda qilichbozlikning uch yo‘nalishi bo‘yicha U-17 O‘zbekiston Respublikasi chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Toshkent shahridan tashrif buyurgan eng kuchli yosh sportchi — qilichbozlar g‘oliblik uchun bahs olib borishmoqda.

Musobaqaning ilk kunida shpaga yo‘nalishi bo‘yicha yakkalik bahslari o‘tkazilmoqda. Unda jami 120 nafardan ortiq o‘g‘il va qiz sportchilar ishtirok etib, o‘z mahorati hamda sport tayyorgarligini namoyon etmoqda.

Mazkur chempionat yosh sportchilarning professional mahoratini oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda mamlakatimizda qilichbozlik sport turini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Barcha ishtirokchilarga musobaqa davomida muvaffaqiyat, yuksak natijalar va halol g‘alabalar tilaymiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting