locale OZ

Qilichbozlik sport turini rivojlantirish yuzasidan o'rganish ishlari olib borildi

Qilichbozlik sport turi bilan shug'ullanuvchi sportchilarning mashg'ulot jarayonlarini bilan tanishishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qilichbozlik sport turini rivojlantirish yuzasidan o'rganish ishlari olib borildi
photo: qilichbozlik Uzbekistan

O‘zbekiston Respublika Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2026-yil 7-aprel kuni o‘tkazilgan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan O'zbekiston Qilichbozlik federatsiyasi raisi Maksud Abdusamadov tomonidan Jizzax viloyatida Qilichbozlik sport turini rivojlantirish yuzasidan o'rganish ishlari olib bordi.

O'rganish davomida O'zbekiston Qilichbozlik federatsiyasi raisi M.Abdusamadovga Jizzax viloyati qilichbozlik federatsiyasi rasi X.Mo‘minov, Jizzax viloyat Sport boshqarmasi boshlig'i N.Usmonov, MOQ Jizzax viloyati bo‘linmasi ijrochi direktori A.Axmedovlar hamrohlik qilib, Jizzax shaharida qurilayotgan qilichbozlik majmuasining qurilish jarayonlari ko'zdan kechirishdi.

Shuningdek, qilichbozlik sport turi bilan shug'ullanuvchi sportchilarning mashg'ulot jarayonlarini bilan tanishishdi. Shu o'rinda qilichbozlik bo'yicha trenerlar bilan suhbat olib borib, sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish hamda sport turini rivojlantirish yuzasidan bajariladigan ishlarni muhokama qilishdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting