locale OZ

Qilichbozlik. Sablyachi hamyurtimiz Ayakoz Jumamuratova yoshlar o‘rtasida Jahon Kubogi sovrindori

89 nafar kuchli qilichboz qizlar yakkalik bahsida kuch sinashdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qilichbozlik. Sablyachi hamyurtimiz Ayakoz Jumamuratova yoshlar o‘rtasida Jahon Kubogi sovrindori
photo: qilichbozlik Uzbekistan

Toshkent shahrida o‘tgan qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha Jahon Kubogi musobaqasida yoshlar toifasida 89 nafar kuchli qilichboz qizlar yakkalik bahsida kuch sinashdi.

Eng quvonarlisi shuki, Milliy terma jamoamiz a’zosi Ayakoz Jumamuratova musobaqaning boshidan oxirigacha o‘zining qat’iyati, mahorati va ajoyib texnikasi bilan barchani hayratga soldi. U har bir jangda raqiblarini ochkolar farqi bilan ortda qoldirib, finalga munosib tarzda yo‘l oldi!

Final bahsi esa haqiqiy dramatizmga boy bo‘ldi. Har bir zarba, har bir harakat tomoshabinlarni larzaga soldi. So’ngi sekundlarda Ayakoz va neytral sportchi Karina Tallada o‘rtasidagi jang atiga bir ochko farqi bilan - 15:14 hisobida g‘alaba raqib tomoniga o‘tdi.

Yakuniy natijalar:
1. TALLADA Karina — AIN
2. JUMAMURATOVA Ayakoz — UZB
3. WOJCIK Gabriela — POL
3. KOMJATHY Boglarka — HUN

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting